Toshkentda Kia bilan to‘qnashgan Malibu ag‘darilib ketdi
Shayxontohur tumanida KIA va Malibu avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilarning biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr
27 yanvar kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Soat 21:00 da tumanning Ko‘kcha darvoza ko‘chasi «Mumtoz» tuyxonasi qarshisida 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi KIA avtomashinasi Malibu-2 bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida ikkinchi avtomobil haydovchisi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Uning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Holat bo‘yicha shahar YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

26 yanvar kuni ham Chilonzor buyum bozori qarshisida Spark va Malibu avtomobillari to‘qnashib, Spark haydovchisi voqea joyida vafot etgan, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgandi.
Mavzuga oid

15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

23:53 / 04.07.2025
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi

16:42 / 29.05.2025