O‘zbekistonda bolalarning 74 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan
2023 yilda respublika miqyosida bolalarning 74 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olingan. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, 2023 yil davomida 182 ta (57 ta yangi qurish va 113 ta rekonstruksiya qilish, 2 ta mukammal ta’mirlash) davlat MTTda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
71 ta DXSh asosidagi NMTT (7 100 o‘rinli) hamda 4 402 ta (116 998 o‘rinli) oilaviy shakldagi NMTT tashkil etildi.
2023 yil davomida 98 ta to‘liq kunlik, 271 ta qisqa muddatli, 428 ta (370 ta xonalarda) majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etilishi natijasida jami 711 768 nafar 6 yoshli bolalarning 661 945 nafari yoki 93,0 foizi qamrab olindi.
Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan 661 945 nafar (93 foiz) 6 yoshli bolalarning 170 721 nafari 7 490 ta boshlang‘ich ta’limga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga, 457 008 nafari 9 031 ta to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga, 33 429 nafari 1 337 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga, 787 nafari mobil guruhlarga qamrab olindi.
Mavzuga oid

17:55 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

09:15 / 07.04.2025
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

13:22 / 05.02.2025
Bolalarda nogironlikning oldini olishga ko‘maklashuvchi tizim yaratiladi

10:15 / 05.02.2025