Samarqandda noqonuniy tilla qazuvchilar 753 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlab ishlatdi
Ular o‘g‘irlangan elektr energiyasini noqonuniy ravishda toshlarni qazib olish, qayta ishlash va sotishda foydalanilgan uskunalarda ishlatgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida noqonuniy tilla qazuvchilar juda katta miqdordagi elektr energiyasini o‘g‘irlab ishlatgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda toshlarni qazib olish, qayta ishlash va sotish uchun hech qanday hujjatsiz elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib olib, jami 753 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025