Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda baholash hisobotlarini tekshirishda yangi qoidalar joriy etildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan baholash faoliyati sohasida xizmatlar sifatini oshirish, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmini rivojlantirish hamda ekspertiza jarayonlarini tartibga solish va raqamlashtirish maqsadida «Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida»gi qarorga o‘zgartirish kiritildi.
O‘zgarishlarga muvofiq:
- baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligi faqat birinchi yoki oliy toifali baholovchilar jalb etilgan holda ekspertizadan o‘tkazilishi amalga oshiriladi;
- 2024 yil 1 martdan boshlab baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining «Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri»ga majburiy tartibda kiritiladi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2023 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

07:50 / 19.07.2025
Mansabdor shaxslar faoliyatini baholash bo‘yicha ekspert guruhlari tuzilmoqda

07:47 / 18.07.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

11:03 / 11.06.2025
Transport qiymatini baholash tartibi belgilandi

14:44 / 21.05.2025