O‘zbekiston TIVda Ukraina elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari Belarus, Turkmaniston va Ukraina elchilari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Ukraina elchisi Mikola Doroshenko, Belarus elchisi Leonid Marinich va Turkmaniston elchisi Shadurdi Meredov bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi siyosat va diplomatiya, savdo va investitsiya, transport va logistika, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlik hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Parlamentlararo va mintaqalararo aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yilda turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid

19:01
Rossiyada ukrainlar hujumi oqibatlari aks etgan kadrlarni e’lon qilganlik uchun jarima yozilmoqda

13:06
Ukraina: jasadlarni vatanga qaytarish shu hafta boshlanadi

09:23
Rossiya harbiy bazalarda samolyotlar uchun usti yopiq maxsus joylar qurmoqda

21:39 / 08.06.2025