Investitsiyalar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
«O‘zmetkombinat» ijrochi direktori vazir o‘rinbosariga aylandi.

Foto: O‘zmetkombinat
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Tursunqulovich Ahmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Dilshod Ahmedov 1972 yilda tug‘ilgan, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetini tamomlagan. «Skolkovo» Moskva boshqaruv maktabida o‘qigan. O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarishni tashkil etish va sanoat korxonalari aktivlarini boshqarishda tajribaga ega.
U 2021 yil yanvaridan hozirga qadar «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari — ijrochi direktor lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga 2022 yil dekabridan buyon Laziz Qudratov rahbarlik qilib kelmoqda.
Unda hozirgacha uch nafar o‘rinbosar bor edi — Nozimjon Xolmurodov, Xurram Teshaboyev va Badriddin Abidov.
Mavzuga oid

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025