Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi
Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.

Illyustrativ foto: instagram.com/samauto.uz
Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Bu viloyat hokimining 29 dekabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, yo‘lkira narxlari avtobuslarda bir nafar yo‘lovchi uchun 1500 so‘m (ilgari 1000 so‘m edi), yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)larda 2000 so‘m (1500 so‘m edi) etib belgilandi.
Bunday qaror shahar yo‘nalishida qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari xarajatlarining, jumladan, yoqilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlarning qimmatlashgani, korxonalarning moliyaviy jihatdan zarar ko‘rmasligining oldini olish munosabati bilan qabul qilingan.
Mavzuga oid

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

13:55 / 29.05.2025