Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasidan qochgan erkak Namanganda odam o‘ldirdi
U jinoyatni aqli noraso holatida sodir etgan deb topilib, majburiy davolanishga yuborilgan.

Foto: Videodan kadr
4 avgust kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida 31 yoshli erkak qo‘lida guldasta bilan yalang‘och holda jamoat joyida yurgani aniqlangan edi. Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida u Ruhiy-asab kasalliklar guruhi shifokori tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Natijada uning ruhiyati buzilgani aniqlanib, ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
So‘ngra, u shifoxonadan qochib ketib, Namangandagi tovuq fabrikalaridan biriga borib, ishga joylashgan va shu joyda yashagan. Keyinchalik fabrika qorovuli bilan gap talashib, uni pichoqlab o‘ldirgan.
Ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi tomonidan unga «aralash dissotsiativ buzilish» tashxisi qo‘yilib, jinoyatni aqli noraso holatida sodir etgan deb topilgan va majburiy davolanishga yuborilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi materiallari noyabr oyida sudga yuborilgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

18:17 / 16.04.2025