Uch hududda 313 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlarida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «N.Y.» MFY hududida faoliyat yurituvchi baliqxonada hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 199,4 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Andijon va Olmaliq shahar bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda «Y.Sh.» MChJ mas’ul shaxslari «X.» MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarning suv nasosi va yoritgichlarini, Olmaliq shahrida esa «Y.B.» MFY va «A.» shirkati mas’ul shaxslari suv nasosni hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 113,7 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi

10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi

23:55 / 08.04.2025