08:15 / 21.12.2023
8292

Toshkentda Spark urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yunusobod tumanida Spark avtomashinasi fuqaroni urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.

17 dekabr kuni taxminan soat 01:50 atrofida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Spark avtomashinasi urib yuborgan fuqaro vafot etdi

Haydovchi tumanning Kuloltepa ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtda piyodani urib yuborgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top