Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon 30 dekabr kuni Ukrainaga harbiy yordam uchun pul tugashini ma’lum qildi
AQSh Mudofaa vazirligi 1,07 milliard dollarni Ukrainaga yuborilgan qurollar o‘rnini bosadigan yangi qurol va jihozlarni sotib olishga sarflaydi. Shundan so‘ng, hisobraqamda pul tugaydi.

Foto: Reuters
Agar Kongress yangi moliyalashtirishni ma’qullamasa, Pentagon 30 dekabrga qadar Ukrainaga yuborilgan qurollarni almashtirish uchun mablag‘siz qoladi. Bu haqda Bloomberg yozdi.
AQSh Mudofaa vazirligi mablag‘lar tugashining aniq sanasini birinchi marta belgilamoqda.
Qayd qilinishicha, Pentagon 1,07 milliard dollarni Ukrainaga yuborilgan qurollar o‘rnini bosadigan yangi qurol va jihozlarni sotib olishga sarflaydi. Shundan so‘ng, 30 dekabr kuni ushbu maqsadlar uchun ochilgan hisobraqamda pul tugaydi.
«Ushbu mablag‘lar sarflangach, Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar tugaydi», deyiladi Pentagon nazoratchisi Maykl MakKord tomonidan Vakillar palatasi va Senatning Mudofaa siyosati va mablag‘lar bo‘yicha qo‘mitalari rahbarlariga yo‘llagan maktubida.
Nashrning qayd etishicha, maktub prezident Jo Bayden Ukrainaga yordam berish uchun so‘ragan 60 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ bo‘yicha boshi berk ko‘chadan chiqish uchun Kongressga bosimni kuchaytirishi mumkin.
Respublikachi kongressmenlarning aytishicha, paket ichiga AQSh bilan Meksika chegarasida xavfsizlikni yaxshilash choralari uchun ajratiladigan mablag‘ ham kirishi kerak, aks holda ular buni ma’qullamaydi. Bayden ma’muriyati senatorlar bilan qo‘shimcha xarajatlar bo‘yicha murosa paketini muhokama qilishga harakat etmoqda.
Avvalroq, Senatdagi respublikachilar 110,5 milliard dollarlik tashqi yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasini blokladi, shundan 61 milliard dollari Ukraina uchun mo‘ljallangan edi. Respublikachi senator Lindsi Grem fikricha, Ukrainaga keyingi yordam masalasi kelasi yil hal bo‘ladi.
Mavzuga oid

11:56
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

10:32
Germaniyada Zelenskiy ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

15:28 / 01.08.2025