Samarqandda ro‘yxatdan o‘tgan MChJ mayning ferma tashkil etib, ko‘p miqdorda elektr energiyasini noqonuniy ishlatgani aniqlandi
MChJ aslida mebel ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan bo‘lsa-da, mayning qurilmalarini o‘rnatib, noqonuniy tarzda elektr energiyasini ishlatgan.

Foto: Videodan kadr
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari ishtirokida Samarqand viloyatida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan, mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan “G.B.M.” MChJ 47 dona qurilmaga ega mayning fermasi faoliyatini tashkil etgani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu MChJ tomonidan davlat manfaatlariga 9 mlrd 852 mln so‘m zarar yetkazilgan va uni undirish choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Avvalroq, O‘zbekistonda yilning boshidan buyon 26 ta noqonuniy mayning fermasi aniqlangani va ular davlatga 58 milliard so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi

10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi

13:52 / 09.03.2025