Devid Kemeron Shotlandiya bosh vaziriga o‘zboshimchalik qilgani uchun tanbeh berdi
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Shotlandiya hukumatiga tashqi aloqalar bo‘yicha yordamni to‘xtatishi mumkinligi bilan tahdid qildi.

Devid Kemeron / Foto: Reuters
Kemeron Shotlandiya bosh vaziri Hamza Yusufning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Tashqi ishlar vazirligi vakili ishtirokisiz uchrashgani va G‘azo sektoridagi urush bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirganidan g‘azablandi. Bu haqda BBC News xabar berdi.
Buyuk Britaniya qonunlariga ko‘ra, Birlashgan Qirollik tarkibiga kiruvchi davlatlar faqat o‘z vakolatlari doirasiga kiruvchi sohalarda tashqi aloqalarni rivojlantirishi mumkin va ularning xorijiy siyosatchilar bilan uchrashuvlarida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakillari ishtirok etishi shart.
Devid Kemeron Shotlandiya tashqi ishlar vaziri Angus Robersonni tanqid qildi. Chunki, Dubaydagi COP28 iqlim anjumani doirasida Hamza Yusuf Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgan. Ammo bu haqda Britaniya TIV xabardor qilinmagan va shu sababli uchrashuvda TIV vakili qatnasha olmagan.
«Tashqi ishlar vazirligi xodimining qatnashmagani protokolga zid. Vazirlar yig‘ilishlarida vazirlik vakillarining ishtirok etishi bo‘yicha protokolning har qanday keyingi buzilishi vazirlikning uchrashuvni tashkil etishda yordami va moddiy-texnik ta’minotidan bosh tortishga olib keladi», deyiladi Kemeron maktubida.
Mavzuga oid

00:21
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

18:41 / 02.06.2025