Karmana tumaniga yangi prokuror va IIB boshlig‘i tayinlandi
Tumanning sobiq hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, ichki ishlar, elektr tarmoqlari rahbarlari oldinroq prezident o‘tkazgan yig‘ilishda lavozimdan olingandi.
Barnoyev Zokirjon Latipovich Karmana tumani prokurori lavozimiga tayinlangan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Z.Barnoyev tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Abdurayimov Akmal Qo‘chqorovich Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bunga qadar u Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimida 2020 yil aprel oyidan buyon Savurov Akbar Axtamovich, tuman prokurori lavozimida esa 2022 yil may oyidan Erkinov Xurshidjon Erkinovich ishlab kelayotgandi.
Oldinroq prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tumandagi qurilishi tugamagan binoga 452 ta mayning qurilmasi o‘rnatilishiga befarqligi ortidan tuman hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, IIB va elektr tarmoqlari rahbarlari ishdan olingandi.
Mavzuga oid

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

10:17 / 06.05.2025
Navoiyda savdo majmuasida yong‘in chiqdi

14:02 / 04.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

12:28 / 26.12.2024