Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilning G‘azoga bergan zarbalari qurbonlari soni 8 mingdan oshdi
Halok bo‘lganlar orasida 3342 nafar bola va 2062 nafar ayol bor.

Foto: REUTERS/Mohammed Salem
G‘azo sektorida Isroilning zarbalari natijasida halok bo‘lganlar soni 8005 kishiga yetdi, yana 20 242 kishi jarohat oldi.
Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Ashraf al-Qudra ma’lum qildi.
Halok bo‘lganlar orasida 3342 nafar bola va 2062 nafar ayol bor, deya qo‘shimcha qildi rasmiy.
Unga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Falastin anklavining yana 302 nafar aholisi Isroil hujumlari qurboniga aylangan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8 mingdan ortiq falastinlik va 1400 nafar isroillik halok bo‘ldi.
Mavzuga oid

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

07:13 / 10.07.2025
Makron G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

21:27 / 09.07.2025