Toshkent xalqaro aeroporti estakadasidagi kameralar 1 noyabrdan jarima yozishni boshlaydi
Aeroportdagi yo‘l o‘tkazgichiga o‘rnatilgan kameralar YHXB tizimlari bilan integratsiya qilindi. 1 noyabrdan ruxsat etilgan vaqtdan ko‘proq estakadada turib qolgan yengil avtomobil va mikroavtobus haydovchilari jarimaga tortiladi.

Foto: Uzbekistan Airports
Ayeroport hududida o‘rnatilgan qoidalarga rioya etmaganlarga jarima solish bo‘yicha tizim 2023 yilning 1 noyabrdan boshlab avtomatik ravishda ishlay boshlaydi, deb xabar berdi «Uzbekistan Airports». Estakadadagi to‘xtash vaqti ruxsat berilgan muddatdan oshib ketganda yoki transport vositasi sariq chiziqda turib qolganda kameralar orqali haydovchilarga jarima yoziladi.
Shu vaqtgacha yurish qoidalariga rioya qilish va yo‘l o‘tkazgichda harakatni tartibga solish aeroport xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgandi.
Ta’kidlanishicha, aeroport estakadasida bir vaqtning o‘zida 30 tagacha avtomobil bo‘lishi mumkin. Sayyohlik avtobuslarini hisobga olgan holda bu raqam 17 tagacha kamayadi. Uzoq turishni rejalashtirayotgan haydovchilarga jo‘nash terminali oldidagi avtomobil turar joylaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent aeroporti yo‘l o‘tkazgichi 2021 yil iyul oyidan boshlab yo‘lovchilar va kuzatuvchilar kirishi uchun ochilib, muayyan qoidalar o‘rnatilgan. Aeroport estakadasida yengil avtomobillarga 5 daqiqagacha, turistik avtobuslar va mikroavtobuslarga 10 daqiqagacha to‘xtab turishga ruxsat etilgan.
Yo‘l o‘tkazgichning o‘ng va chap qismlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda ham to‘xtash taqiqlanadi.
Mavzuga oid

15:55 / 17.02.2025
Yoritkich ustunlardagi kameralar: hukumat belgilagan talab nega ishlamayapti?

19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi

12:09 / 16.09.2024
Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida ta’mirlash ishlari qurilish joyi o‘rab olinmay qilinyapti

16:37 / 01.09.2024