07:43 / 14.10.2023
23932

Ikki yilda AQShga noqonuniy kirishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

2021 yildan 2023 yilgacha AQSh hukumati tomonidan «alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar» sifatida tasniflangan o‘n minglab muhojirlar Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga harakat qilgan. Qo‘lga olinganlarning 13 mingdan ortig‘i - O‘zbekiston fuqarolari.

Foto: AP

2021 yilning oktyabridan 2023 yilning oktyabriga qadar AQShda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

AQSh bojxona va chegarani himoya qilish xizmatining ichki ma’lumotlariga tayanib, Fox News telekanalining xabar berishicha, ikki yil ichida AQShga Meksika orqali o‘n minglab fuqarolar noqonuniy kirishga harakat qilgan bo‘lib, mamlakat hukumati ularni «alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar (special interest aliens) toifasiga kiritgan. 

Ular orasida 30 830 nafar Turkiya fuqarolari, 15 594 nafar Mavritaniya fuqarolari, 13 624 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 6386 nafar Afg‘oniston fuqarolari, 3153 nafar Misr fuqarolari, 1613 nafar Pokiston fuqarolari bor. Chegarada qo‘lga olinganlar orasida Eron (659), Suriya (538), Iordaniya (185), Livan (164), Yaman (139) va Iroq (123) fuqarolari ham qayd etilgan.

Ushlanganlarning qanchasi AQShdan chiqarib yuborilgani yoki immigratsiya bo‘yicha sud muhokamasi sanasi belgilanganidan keyin mamlakatga ruxsat berilgani noma’lum.

Mavzuga oid
Top