Isroilning G‘azoga zarbalari oqibatida 10 ga yaqin jurnalist halok bo‘ldi
Falastin ma’muriyatining ma’lum qilishicha, yana yetti nafar jurnalist yaralangan, ikki nafari bedarak yo‘qolgan.

Foto: Anadolu Agency
7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida kamida 8 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi halok bo‘ldi.
Bu haqda Falastin hukumati matbuot xizmati bayonotida aytiladi.
Bayonotga ko‘ra, yana yetti nafar jurnalist yaralangan, ikki nafari bedarak yo‘qolgan.
Matbuot xizmatining qayd etishicha, Isroil hujumlari chog‘ida uch jurnalistning uyi butunlay vayron bo‘lgan, G‘azoda faoliyat yuritayotgan 40 ta OAV ofislari havo hujumlari nishoniga aylangan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMAS harbiy qanoti brigadalari Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar uchirildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Seshanba kuni Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Isroilning G‘azo sektori va G‘arbiy sohilda uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 900 nafarga yetdi, ulardan 260 nafari bolalar va 200 nafari ayollar. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, yaradorlar soni 4250 kishidan oshadi.
Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi hujumlarda kamida 1200 isroillik halok bo‘lgan va 2600 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid

21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi

10:47 / 07.04.2025
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

20:03 / 06.04.2025
«Raketa shaharlari». Tehron nima uchun o‘zining maxfiy yerosti bazalarini aynan hozir ko‘rsatishga qaror qildi?

15:29 / 06.04.2025