Qarshi shahri hokimi 56 mln so‘m bilan mukofotlanadigan bo‘ldi
Oldinroq hokimning o‘zini 75 mln so‘m bilan mukofotlash haqidagi qarori Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomasi bilan bekor qilingandi. Bu safar mahalliy kengash qarori bilan ushbu hokimni mukofotlashga mahalliy budjetdan 56 mln so‘m ajratildi.

Normo‘min Xolboyev
2023 yil 9 oktyabr kuni xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining viloyat mahalliy budjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish ko‘zda tutilgan qarori qabul qilindi. Qaror bilan 23 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ turli maqsadlar uchun yo‘naltirilgan.
Qaror ilovasida keltirilishicha, viloyat mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan “Eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan Qarshi shahar 1-sektor rahbari, ya’ni shahar hokimi Normo‘min Xolboyevni rag‘batlantirish uchun 56,2 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Bunga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 536-sonli qarori asos qilib olingan.
Eslatib o‘tamiz, Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev 2023 yil 25 avgust kuni o‘zini rag‘batlantirish uchun mablag‘ ajratish haqida qaror chiqargandi. Qarorda hokimlikning 2023 yildagi zaxira mablag‘lari hisobidan “Eng tashabbuskor sektor” deya e’tirof etilgan Qarshi shahar 1-sektor rahbarini rag‘batlantirish “xarajatlariga” 75 mln so‘m mablag‘ ajratish belgilangan.
Biroq rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qaror Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomaga asosan Qashqadaryo viloyati hokimining 2023 yil 19 sentabr kungi qarori bilan bekor qilingan edi. Shuningdek, mazkur holatda qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga tegishli qonuniy chora ko‘rish uchun agentlik tomonidan to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuborilgani aytilgandi.
Mavzuga oid

15:46 / 12.01.2025
Qashqadaryoda maktabga mashina minib kelgan o‘quvchiga chora ko‘rildi

16:36 / 20.12.2024
Qarshida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlangan - ekspertiza

17:32 / 19.12.2024
Qarshidagi fojianing gaz yoki is gazi bilan bog‘liqligi ehtimoldan yiroq - “Hududgazta’minot”

12:07 / 19.12.2024