Jahon | 09:56 / 29.09.2023
3488
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada kuchli yomg‘irlar suv toshqinlarini keltirib chiqardi

Tesalya (Fessaliya) mintaqasida kuchli yomg‘irlar suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi.

Foto: Reuters

Gretsiyaning Tesalya (Fessaliya) mintaqasida kuchli yomg‘irlar sabab yana suv toshqinlari yuz berdi.

Xususan, Volos, Pilio, Larisa va Farsala kabi hududlarda kuchli suv toshqini kuzatildi. Turar joy binolari, idoralar, qishloq xo‘jaligi yerlari va yo‘llar suv ostida qolgan. Ko‘p sonli avtomobil yo‘llari ko‘chki tufayli to‘silib qolgan. 

Kuchli yog‘ingarchilik sababli Volos hududining katta qismi elektr ta’minotisiz qolgan, shifoxona suv ostida qolib ketgan. 

Fuqaro muhofazasi boshqarmasi Volos aholisiga mobil telefonlar orqali shoshilinch xabarlar yuborib, ko‘chaga chiqmaslikni maslahat berdi. 

Mavzuga oid