Sergelidagi portlash oqibatida «Quruvchilar» metro bekati me’moriy qismiga yengil shikast yetgan
Bu holat poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Bugun, 28 sentabr tungi vaqtda Toshkent shahar Sergeli tumani Quruvchilar dahasida joylashgan omborxonalarning birida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.
«Toshkent metropoliteni» xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yerusti halqa yo‘li «Quruvchilar» bekatining me’moriy qismiga yengil shikast yetgan.
Ma’lum qilinishicha, ammo bu holat yo‘lovchi va poyezdlarning harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Barcha metro bekatlarida poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Bugun, 28 sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani Quruvchilar dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borgan.
FVV yong‘in soat 05:02 da qurshab olingani, yong‘in maydoni qisqartirilib borilayotgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid

18:29 / 04.07.2025
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi

12:20 / 03.07.2025
Jitomir yaqinidagi portlashlar: ikki korxona yakson etilgan

21:28 / 02.07.2025
Moskva markazida ichida FSB veteranlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

10:13 / 02.07.2025