Yashillik va shaharsozlik - ulug‘vor Hangjouga fotosayohat
Xitoyning Hangjou shahrida XIX yozgi Osiyo o‘yinlari boshlandi.

Foto: Kun.uz
Musobaqani yoritish uchun borgan Kun.uz fotomuxbirlari VI asrda asos solingan, mamlakatning sharqiy qismida joylashgan shahar ko‘chalaridan fotojamlanma tayyorlashdi.
Shahardagi yashillik va ozodalikni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Bir daraxt kesish uchun belgilangan jarima miqdori (50 ming yuan — 83 mln so‘mdan ko‘proq) ham bunga sabab bo‘lgan, ehtimol.
Shaharsozlikka o‘zgacha e’tibor qaratilgan. Osmono‘par binolarning yuqori qavatlariga qarayman deb bo‘yningiz og‘rib qolishi hech gap emas, ularni kamera obektivlariga sig‘dirish ham oson bo‘lmadi.
Transportlar qatnovi diqqatni tortmay qo‘ymaydi. Avtomobildan kam bo‘lmagan miqdorda har qadamda skuter va velosipedlarni uchratasiz. Pulini to‘lab, velosipedni minib ketsa bo‘ladigan nuqtalar ko‘p. Xullas, hammasi inson uchun.
Suratlar muallifi — Muhiddin Qurbonov va A’zamjon Izzatillayev
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025