Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevrolet Cobalt Qozog‘istonda eng ommabop model bo‘lib qolmoqda
Avgust oyida o‘zbek avtosanoatining shu modeldagi 2 mingdan ortiq avtomobili sotildi.

Foto: Chevrolet
«Qozog‘iston avtomobil uyushmasi» ma’lumotlariga ko‘ra, yozning so‘nggi oyida mamlakatda 17,2 ming yengil va yengil tijorat avtomobillari, 1031 ta yuk avtomobillari va avtobuslar sotilgan, bu o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan 59,5 foizga ko‘pdir, deb xabar berdi Kazinform.
Yil boshidan buyon mahalliy dilerlar tomonidan 120 mingdan ortiq avtomobil sotildi, o‘sish 60 foizdan ortiqni tashkil qildi.
Qayd qilinishicha, avgust oyida Hyundai eng yaxshi 10 ta brend orasida yetakchi bo‘ldi (4624 ta avtomobil sotildi). Chevrolet ikkinchi (3363 ta), Kia uchinchi (1713 ta) o‘rinni egalladi. Keyingi pog‘onalarda: Chery (1694), JAC (874), Toyota (825), Changan (768), Haval (752), Jetour (634) va Geely (368).
Odatdagidek, Chevrolet Cobalt (2030 tasi sotildi) eng ommabop modellar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Hyundai Tucson (1416) va Kia Sportage (845) yuqori uchlikdan joy olgan.
Sakkiz oylik natijalarga ko‘ra, Hyundai 31381 ta avtomobil sotdi. Chevrolet hisobida 28768 ta, Kia hisobida 16384 ta sotilgan avtomobil bor.
Mavzuga oid

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

14:32 / 09.07.2025
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025