Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMga tavsiya etilgan texnikum bitiruvchilari orasida baholarni qalbakilashtirish bo‘yicha 68 ta holat aniqlandi
22 avgustdan OTMga suhbat asosida o‘qishga qabul qilingan texnikum bitiruvchilarning ma’lumotlari haqqoniyligini o‘rganish boshlandi. Unga ko‘ra, “3” va “4” baholarni “5” bahoga o‘zgartirish va qonunga zid 68 ta holat aniqlangan.
OTMga suhbat asosida qabul qilingan texnikum bitiruvchilariga oid ma’lumotlar haqiqiyligini tekshirish davom etyapti. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
22 avgust holatiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga tavsiya qilingan 2000 dan ortiq texnikum bitiruvchilariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar o‘rganilgan. Unda baholarni qalbakilashtirish, ya’ni “3” va “4” baholarni “5” bahoga o‘zgartirganlik holatlari va Vazirlar Mahkamasining “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori talablariga zid bo‘lgan 68 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Tekshiruv-o‘rganish ishlarini Oliy ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari xodimlari rahbarligida 14 ta ishchi guruh va har bir hududda bittadan ishchi guruh olib boryapti.
Mavzuga oid

13:13 / 24.07.2025
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi

17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?

11:09 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi

18:14 / 19.07.2025