Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makka shahriga kuchli bo‘ron yopirildi
Bo‘ron transport va elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelgan. Ayrim yo‘llar yopilib, jamoat transporti harakati cheklangan.

Foto: Videodan kadr
Saudiya Arabistonining Makka viloyatida kuchli bo‘ron kuzatilib, shamol 80 km/s tezlikda esdi. Oqibatda bir qancha binolar vayron bo‘ldi, reklama taxtalari, metall konstruksiyalar va chiqindi qutilariga zarar yetdi. Bir necha kishi jabrlandi.
Bo‘ron tufayli Makka hukumati qirollik maktablari, kollejlari va universitetlarida darslarni masofaviy formatga o‘tkazishga qaror qildi.
Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi vakili Husayn al-Qahtoniy so‘zlariga ko‘ra, muqaddas shaharga zarba bergan shamol tezligi 80 km/s bo‘lgan. Bo‘ron transport va elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelgan. Ayrim yo‘llar yopilib, jamoat transporti harakati cheklangan.
Makka rasmiylari aholini ehtiyot bo‘lishga va bo‘ron paytida tashqariga chiqmaslikka chaqirmoqda.
Mavzuga oid

08:47
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025