Kattaqo‘rg‘on tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari pora bilan ushlandi
U fermer xo‘jaligi rahbaridan 5 mln so‘m pora olgani aytilmoqda.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Q.X. elektr energiyasidan 779 mln so‘m qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan «A.B.» fermer xo‘jaligini elektr tarmog‘iga 5 kun muddatga qayta ulab berishi evaziga ushbu fermer xo‘jaligi rahbari A.B. dan 5 mln so‘m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025