Xiva buyum bozorida yong‘in chiqdi
Kiyim-kechak hamda oziq-ovqat do‘konlari yongan, yong‘in sababi hali aniqlanmagan.
24 iyul kuni Xorazm viloyati, Xiva shahri buyum bozorida yong‘in sodir bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, «Sangar» mahallasi, Elobod ko‘chasida joylashgan Xiva buyum bozori xududidagi kiyim-kechak hamda oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in chiqqan. Bu haqda soat 17:42 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan.
12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji manzilga soat 17:50 da yetib borib, yong‘inni qurshab olgan.
Kun.uz manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, soat 20:00 holatiga yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jismonan jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Yong‘in ko‘lami va yetkazilgan zarar haqida ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid

22:45 / 28.05.2025
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi

16:24 / 28.05.2025
Akademik Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi

19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

20:09 / 25.05.2025