19:08 / 24.07.2023
22005

CAFA Futsal Cup-2023. O‘zbekiston Afg‘onistonga sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi

Foto: O‘FA

Tojikiston poytaxti Dushanbeda futzal bo‘yicha ilk marta o‘tkazilayotgan CAFA Futsal Cup-2023 turniri 2-turi start oldi.

Ikkinchi turda O‘zbekiston milliy jamoasi Afg‘onistonga qarshi parketga tushdi. Uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari Husniddin Nishonovning het-trigi evazga 3:1 hisobida oldinda borayotgan bo‘lishiga qaramay, so‘nggi soniyalardagi gollar evaziga sensatsion mag‘lubiyatni tan oldi – 3:4.

Shu tariqa, O‘zbekiston 2-turdan keyin peshqadamlikni 6 ochko to‘plagan Afg‘onistonga topshirdi. Vakillarimiz 1-turda Tojikistonni mag‘lub etgandi.

Vakillarimiz 3-turni 26 iyul kuni Turkmanistonga qarshi o‘tkazadi. O‘yin soat 14:00da boshlanadi.

CAFA Futsal Cup 2023. 2-tur
O‘zbekiston – Afg‘oniston – 3:4

Gollar: Husniddin Nishonov 19', 20', 28' – Hamid Rizo Husseyni 2', Musavi 34', Muhammad Ali Fayoziy 38', Rizo Husayn 40.
O‘zbekiston (asosiy beshlik): Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev.
Zaxira: Abbos Elmurodov, Mashrab Odilov, Xushnur Erkinov, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Jamshid Rahmatullayev, Davron Abduvaliyev, Sunnatulla Jo‘rayev, Abdulla Solihov.

Top