Yer va Oy o‘rtasida ulkan asteroid uchib o‘tdi, uni hech kim sezmay qoldi
Kattaligi taxminan 60 metrni tashkil etgan osmon jismi 86 ming km/soat tezlikda uchib o‘tdi.

Foto: Shutterstock
13 iyul kuni Yer va Oy o‘rtasida 20 qavatli bino kattaligidagi asteroid uchib o‘tdi. Shu bilan birga, astronomlar buni faqat ikki kundan keyin payqashdi.
NASA kechga qolib bo‘lsa-da, ushbu obektga 2023 NT1 deb nom berdi. Agentlikning ta’kidlashicha, uning kengligi taxminan 60 metrni tashkil etadi, shuning uchun u insoniyat uchun xavf tug‘dirmaydi. Asteroid 86 ming km/soat tezlikda uchib o‘tdi.
Obekt Quyosh tomonidan Yerga qarab uchdi va uning nurlari teleskoplarni «ko‘r» qildi, shuning uchun u o‘z vaqtida sezilmadi. Faqat 15 iyul kuni asteroidning xavfsiz masofada uchib o‘tgani bilindi.
Astronomlarning ta’kidlashicha, Quyosh hamon Yerga yaqin obektlarni aniqlashda katta to‘siq bo‘lib qolmoqda. Ba’zida bu jiddiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, 2013 yilda Chelyabinskda quyosh nuri ostida harakatlangan 18 metrli asteroid shahar osmonida portladi. Uni ham astronomlar payqamay qolishgan edi.
Mavzuga oid

18:18 / 03.04.2025
NASA Oy bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan 60 metrlik asteroidni namoyish etdi

17:51 / 03.04.2025
NASA YR4 asteroidining Oy bilan to‘qnashish xavfini yuqori baholadi

17:01 / 28.03.2025
29 mart kuni Quyoshning qisman tutilishi yuz beradi

16:54 / 26.03.2025