Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda bank mutaxassisi o‘zganing nomiga 20 mln kredit olib, pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi
Jizzax viloyati Yangiobod tumanida mijozlarning kredit qarzdorligi uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirgan sobiq yetakchi mutaxassis aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida ATB «Qishloq qurilish bank» Yangiobod filialining kreditlash bo‘limi sobiq yetakchi mutaxassisi N.Q. fuqaro M.B.ning nomiga 20 million so‘m kredit olib o‘zlashtirgani, shuningdek, bank mijozlari Sh.N. va M.O.dan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun qabul qilgan jami 61,4 million so‘m naqd pullarini bank kassasiga topshirmasdan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

20:48 / 22.07.2025
Jizzaxning «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi qirg‘og‘ida turizm markazi barpo etiladi

14:38 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Zomin texnoparki maxsus sanoat zonasini borib ko‘rdi

12:36 / 08.07.2025
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

09:40 / 20.03.2025