Samarqandda don omboridan 18 tonna ortiqcha yukni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan mashina aniqlandi
Tekshirish chog‘ida “KAMAZ”da 18 ming 400 kilogramm ortiqcha yuk borligini aniqlagan.

Foto: Milliy gvardiya
Samarqand viloyatida qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan 18 tonnadan ortiq mahsulot qo‘riq ostidagi korxona omboridan olib chiqilayotgani fosh etildi.
Joriy yilning 7 iyul kuni soat 20:15 da qo‘riqlash xizmati xodimlari “Jomboy don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati omboridan chiqib ketayotgan “KAMAZ” rusumli avtomashinani tekshirgan.
Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, tekshirish chog‘ida “KAMAZ”da 18 ming 400 kilogramm ortiqcha yuk borligini aniqlagan, shuningdek, MChJga qarashli “KAMAZ” haydovchisida tegishli hujjatlar bo‘lmagan.
Shundan so‘ng, Samarqand viloyati qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyatiga korxona omboridan 18 tonnadan ortiq mahsulotni noqonuniy ravishda olib chiqishga urinish haqida xabar berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:25
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025
Samarqandda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorlar aniqlandi

16:39 / 23.06.2025