Gruziyalik siyosatchi saylov uchastkalarida fuqarolar bilan muloqot qildi
Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish uchun 401 nafar xalqaro kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazilgani ma’lum qilingan.

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan navbatdan tashqari prezident saylovini kuzatish uchun turli mamlakatlardan xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etmoqda. Ular safida taniqli siyosatchilar ham bor.
Jumladan, “Yevropa Gruziyasi” partiyasi asosiy boshqaruv organi rahbari, YeXHT Parlament Assambleyasi sobiq prezidenti Georg Tsereteli Toshkent shahridagi saylov uchastkalarini borib ko‘rgan.
Georg Tsereteli kunning birinchi yarmida Yakkasaroy, Mirobod va Yunusobod tumanlaridagi 6 ta saylov uchastkasida bo‘lgan hamda u yerdagi saylov jarayonlarini kuzatgan. Shuningdek, u saylovga kelgan fuqarolar bilan suhbatlashgan.
Ma’lumot uchun, Georg Tsereteli Gruziya Parlamenti deputati, Parlament raisi o‘rinbosari, Gruziya bosh vaziri o‘rinbosari, YeXHT Parlament Assambleyasi prezidenti lavozimlarida ishlagan. Hozirda Gruziya Strategik tadqiqotlar markazi Siyosiy kengashi raisi sifatida faoliyat olib boradi.
Mavzuga oid

21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi

17:06 / 07.04.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi

23:40 / 08.03.2025
Ruminiyada Georgeskuga prezidentlik saylovida ishtirok etishga ruxsat berildi

19:31 / 06.12.2024