148 ming «taksichi» o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Ularning aksariyati Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
«Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida»gi prezident qaroriga asosan 2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil oxirigacha to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqqa ega transport vositalarida yo‘lovchi tashuvlariga o‘zini o‘zi band qilish deb qaralishi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshirilishi belgilangan edi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar soni 148 ming nafarni tashkil etmoqda.
Qayd qilinishicha, bu yo‘nalishda o‘zini o‘zi band qilganlar soni bo‘yicha 18 816 nafar ko‘rsatkich bilan Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlardan Samarqand, Toshkent, Buxoro hamda Andijon viloyatlari joy olgan.
Qonunchilikka ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning faoliyati mehnat stajiga kiritiladi va pensiya ta’minotida hisobga olinadi.
Mavzuga oid

18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi

15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

18:11 / 02.04.2025
Toshkentda minivenlarda o‘zini o‘zi band qiluvchi tarzida taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi

17:25 / 28.03.2025