Samarqandda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi
Hokim yordamchisi 150 mln so‘m kredit chiqarib berishini aytib, fuqarodan 1 500 dollar pul olayotgan vaqtida ushlandi.

Foto: Samarqand viloyati IIB
2023 yil 7 iyun kuni fuqarolardan biri huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan va kredit chiqarib berish evaziga pora so‘rayotgan hokim yordamchisiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Arizaga ko‘ra, fuqaro Samarqand shahar “Shukrona” MFYda maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, “Xalq banki” Samarqand shahar filialidan kredit olmoqchi bo‘lib yurgan vaqtida, shu mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs uning ishonchiga kirgan.
So‘ng bankdagi mansabdor tanishlari orqali 150 mln so‘m kredit chiqarib berish evaziga 1 500 dollar talab qilib kelgan.
Fuqaroning arizasiga asosan, viloyat IIB va DXX boshqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, “Shukrona” MFY binosi oldida hokim yordamchisi ariza muallifidan 1 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:49 / 07.07.2025
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

18:19 / 20.06.2025