Paxtachi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in va kuchli portlash yuz berdi
Yong‘in bartaraf etilgan, falokat oqibatida bir kishi jarohatlangan.

Foto: Videodan kadr
9 may kuni soat 21:25 da Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Yangiobod mahallasida joylashgan aholiga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in va portlash sodir bo‘ldi.
FVV xabariga ko‘ra, hodisa joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 22:30 da yong‘in qurshab olingan va soat 23:00 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida shoxobcha hududida bo‘lgan 3 ta «Isuzu» rusumli avtomashina va ulardagi sig‘imi 50 litrli suyultirilgan uglevodorod gazli ballonlar yorilib, zararlangan.
Hodisa shoxobchadagi «MAN» rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi mashinadan gazni zaxira sig‘imiga bo‘shatish jaryonida xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilishi oqibatida yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi tan jarohati olgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

11:40 / 09.06.2025