Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronlik qori Qur’on musobaqasida 800 ming dollar yutdi
Saudiya Arabistonida dunyodagi eng yirik Qur’on va azon tanlovi o‘tkazildi.

Foto: Twitter/SPAregions
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Qur’on tilovati va azon musobaqasida mahalliy va eronlik qorilar birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Jumladan, eronlik ishtirokchi Yunus Shohmurodiy Qur’on tilovati tanlovida birinchi o‘rinni egallab, 800 ming AQSh dollari (9,1 milliard so‘m) mukofotni qo‘lga kiritdi, Saudiya Arabistoni vakili Abdulaziz al-Faqih esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Unga 500 ming dollar (5,7 milliard so‘m) topshirildi.
Azon tanlovida Saudiya Arabistoni vakili Muhammad Ash-Sharif g‘olib bo‘lib, 500 ming dollarni qo‘lga kiritdi. Indoneziyalik abituriyent qiz Diaaddin bin Nizoriddin ikkinchi o‘rinni egallab, 267 ming dollar (3 milliard so‘m) yutib oldi.
G‘oliblarga mukofotlarni Saudiya Arabistoni Umumiy ko‘ngilochar boshqarmasi raisi Turki ash-Shayx topshirdi.
SPA xabariga ko‘ra, musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 3 mln dollarni (34,3 milliard so‘m) tashkil qilgan.
Ushbu tanlov eng yirik Qur’on tilovati va azon musobaqasi sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025