Andijonda 1 kilo gashishni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati
Andijon viloyati Asaka tumanida gashish giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 28 mart kuni Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida Marhamat tumanida yashovchi X.B. Asaka tumani hududida xolis xaridorga 1 kilogramm gashish giyohvand moddasini 8,6 ming AQSh dollariga sotayotganida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi

15:42 / 09.04.2025