Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyatida ikki tumanga yangi hokim tayinlandi
Xorazm viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qo‘shko‘pir tumani hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.
Shuningdek, xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala ko‘rildi. Sultanov G‘ayratjon Po‘latovich Urganch tumani hokimi qilib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Har ikkala tuman sessiyasida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etdi.
Mavzuga oid

19:31
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

19:00 / 04.07.2025
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

11:51 / 23.06.2025