Qamchiqda maxsus yuk avtomobili bilan sodir bo‘lgan hodisa oqibatlari bartaraf etildi
Bugun, 21 mart kuni soat 10:35 da A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Foto: Kun.uz
Toshkent – Vodiy yo‘nalishida harakatlangan, neft tashishga mo‘ljallangan maxsus yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib, yo‘lning qarama-qarshi qismiga ag‘darilgan. Natijada yuk avtomobiliga ortilgan bitum mahsuloti yerga to‘kilgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVVning 3 ta maxsus texnikasi yetib borib, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" xodimlari hamkorligida hodisa oqibatlarini bartaraf etdi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Dovonda avtomobillarning ikki tomonlama xavfsiz harakati davom etmoqda.