Bosh prokuratura Jizzaxdagi YTHda prokuratura xodimlari halok bo‘lgani yuzasidan ma’lumot berdi
Zomin tumani prokurori yordamchisi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Foto: Bosh prokuratura
Avvalroq, Kun.uz’da Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar prokuratura xodimi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, hodisa 2023 yil 18 mart kuni sodir bo‘lgan.
Zomin tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi E.K. boshqaruvidagi Lacetti Supa-Zomin yo‘nalishida harakatlanayotib, yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga urilgan.
Oqibatda, E.K. va mashina salonida bo‘lgan Zomin tumani prokuraturasi ish yurituvchisi A.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Zomin tumani prokuraturasi tergovchisi D.Z. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, 2023 yil 19 mart kuni hodisa yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

21:44 / 17.04.2025
Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?

08:20 / 17.04.2025
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

18:20 / 11.04.2025