O‘zbekiston va Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashlari o‘rtasida maslahatlashuv o‘tkazildi

Foto: UzA
Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulov boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatga tashrifi doirasida Toshkentda tashkil etilgan O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati va Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibiyati o‘rtasidagi maslahatlashuvning ikkinchi davrasi nihoyasiga yetdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, maslahatlashuv chog‘ida xalqaro terror, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi singari mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq tahdid, xavf-xatarlarga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar konstruktiv hamkorlikni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini, xavfsizlik sohasidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sherikligini, shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash, birgalikdagi amaliy sa’y-harakatlar mexanizmini muvofiqlashtirish orqali rivojlantirishga qat’iy tayyor ekanligini tasdiqladi.
Uchrashuv yakunida xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan aniq yo‘nalishlar, chora-tadbirlar belgilangan maslahatlashuv protokoli imzolandi.
Mavzuga oid

14:55 / 12.04.2025
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi

21:07 / 09.04.2025
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani e’lon qilindi

16:31 / 08.04.2025
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi

18:24 / 03.04.2025