Qatar Airways Doha va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etadi

Foto: Dunyo
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kecha Qatar elchisi Hasan Hamza Hashem bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqovning joriy yil fevral oyida Dohaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi. Gap mart oyida ikki davlat o‘rtasida Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 1-yig‘ilishi hamda Toshkentda ikki davlatning qo‘shma biznes-forumini o‘tkazish haqida ketmoqda.
Muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida amalda bo‘lgan barcha kelishuvlarning samarali va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash, biznes tuzilmalari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish, to‘siqlik qiluvchi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan yechim topish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qator qo‘shma loyihalarni, jumladan Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida bug‘-gaz elektr stansiyalarini qurish, sayyohlik oqimi va o‘zaro savdo hajmini oshirish maqsadida Qatar Airways aviakompaniyasi tomonidan ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini tashkil etish bo‘yicha tashabbuslarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirishga kelishildi.
Mavzuga oid

13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi

13:53 / 16.08.2024
Oq uy: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar Dohada davom etmoqda

14:10 / 02.08.2024
Dohada HAMAS yetakchisining dafn marosimi oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi

17:31 / 02.06.2024