Britaniya ukrainalik dengiz piyoda askarlarini tayyorlaydi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning aytishicha, London Ukraina dengiz flotining qirg‘oq mudofaa kuchlari tarkibida dengiz piyoda askarlari korpusini tayyorlaydi.

Foto: the wallstreet
«Biz ukrainalik dengiz piyoda askarlarini tayyorlashga kelishib oldik», — deya Sunakning so‘zlarini keltirgan Reuters.
Bundan oldin Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berish niyatida ekani xabar qilingandi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Rishi Sunak shunday dedi: «Biz Ukraina bu urushda g‘alaba qozonishini istaymiz va biz bu borada mutlaqo birdammiz. Bizning vazifamiz Ukrainani eng kuchli holatga keltirishdir».
G‘arb davlatlari Ukrainani «qancha zarur bo‘lsa, shuncha» qo‘llab-quvvatlash niyatini bir necha bor e’lon qilgan, biroq harbiy harakatlarni tinch yo‘l bilan tugatish muhimligini ham ta’kidlagan.
Mavzuga oid

21:20 / 03.07.2025
Britaniyada Lordlar palatasining salkam 10 mln funtlik eshigi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

08:16 / 02.07.2025
Britaniyada «Isroil armiyasiga o‘lim» shiori bo‘yicha tergov boshlandi

10:44 / 25.06.2025
Britaniya Rossiya va Eron tahdidlari fonida urushdan xavotirda

12:07 / 21.06.2025