“Do‘konim yopildi, to‘yim bekor bo‘ldi” – talabalarni ijaraga qo‘yaman deb chuv tushirgan firibgar
Onlayn ijara, internetdan turli buyumlar xarid qilish jarayonida aholining firibgarlarga duch kelish holatlari ko‘paygan. Toshkent shahar IIBB aholini firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Hozirgi kunda turli xil ijara, narsa va buyumlarni sotish uchun qo‘yilgan e’lonlarga chuv tushish holatlari ko‘p uchrayapti. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari fuqarolarini ogohlikka chaqirib, firibgarlikning qaysi usullari ko‘paygani haqida ma’lumot berdi.
IIBBga ko‘ra, Toshkent shahrida o‘qishga kelgan talabalarning ijara uy olaman deb aldanib qolish holatlari ko‘p uchraydi. Aldangan talabalardan 2 nafari turli e’lon saytlari orqali ijara uy topaman deb aldanib qolgani haqida IIBBga xabar qilgan.
Talabalarning aytishicha, ijara uy gaplashib bermoqchi bo‘lgan firibgar o‘sha uyga xaridor ko‘pligini aytib, talabadan tezroq o‘zining plastik kartasiga pul tashlashni so‘raydi.
"Plastigiga pul tashlab berganimdan keyin, ertasiga uyni borib ko‘rish uchun o‘sha odamga qo‘ng‘iroq qilsam, raqamimni qora ro‘yxatga solib qo‘ygan. Shu bilan uy egasi bilan qayta bog‘lanolmadim", – deydi bir talaba.
Umuman aldanib qolgan talabalarning ko‘pchiligi oldindan to‘lov qilgani, ko‘chib o‘tish kuni kelganda esa ular gaplashgan odam yo‘qolib qolganini aytishmoqda. Hozir Toshkent shahar IIBB Axborot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan aynan o‘sha talabalarni aldagan shaxslar topilgan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Firibgarlar o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
"Aslida bo‘lmagan kvartiralarni qo‘yib, oldindan pul so‘rab, pulni plastigimga tashlatib olardim. Va o‘z ehtiyojlarimga ishlatib yurardim", – deydi ulardan biri.
Yana biri esa olgan puli ota-onasidan uzoqda, tergov xonalariga kelib o‘tirishga arzimasligini, 4 mart kuni to‘yi bo‘lishi kerakligi va aybi fosh bo‘lib qolgani uchun ham to‘y bekor qilinganini aytadi.
“Hamma narsa belgilab qo‘yilgan edi. Shu narsalarni deb to‘yim bekor bo‘lib ketdi. Ikkita do‘konim bor edi, bitta do‘konim yopildi", –deydi talabalarning ijara pulini aldab olgan shaxs.
Ma’lumot berilishicha, uy ijarasidan tashqari iPhone rusumli telefonni sotayotgan fuqarolarning ham aldanib qolish holatlari ko‘paygan. IIBB xodimining tushuntirishicha, sotuvchi iPhone rusumli telefonini sotishga qo‘ygandan keyin, firibgar xaridor sifatida sotuvchiga aloqaga chiqib, undan iCloud tizimini tekshirib ko‘rishni so‘raydi. Xaridor sotuvchiga hamma iPhone’larda ham iCloud ishlamasligini aytadi va tekshirish uchun login va parol yuboradi. Login va parol terilganidan keyin, telefon yo‘qotilgan telefon rejimiga tushadi va bloklanadi. Shundan keyin firibgar sotuvchidan blokdan ochish uchun pul o‘tkazishini so‘raydi. Shunday paytda sotuvchi ishonib pulni o‘tkazadi. Pulni olgan firibgar esa yo‘qolib qoladi.
IIBB yuqoridagi holatlarga duch kelmaslik uchun, fuqarolardan ogoh bo‘lishlarini so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh savdo borasida Xitoy bilan «yumshoq muloqot» boshlanganini ma’lum qildi
Jahon | 20:51
-
Welt: Germaniya Qurolli kuchlari 100 ming nafar zaxiradagi harbiy xizmatchiga muhtoj
Jahon | 20:44
-
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi
O‘zbekiston | 20:14
-
Ukraina prezidenti ofisidagilar ayollarni ham armiyaga majburiy jalb etish taklifi bilan chiqdi
Jahon | 20:13
Mavzuga oid

09:52 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi

14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

09:13 / 17.03.2025
Toshkent viloyatida qizlarni shahvoniy maqsadda O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs ushlandi

12:30 / 13.03.2025