Poytaxtdagi 3 ta tuman hokimi intizomiy jazoga tortildi
Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod tumanlari hokimlariga qishga tayyorgarlik ko‘rmagani uchun “hayfsan” berilgan.

Foto: iStock
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonovning joriy yil 16 fevraldagi farmoyishi bilan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev hamda Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyevga intizomiy jazo qo‘llandi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, mazkur hokimlarga “hayfsan” hududda qishga tayyorgarlik ko‘rmagani va uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmagani, mahallalarga chiqib, aholi bilan muloqot hamda tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun berilgan.
Shavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni energiya ta’minoti masalalariga bag‘ishlab o‘tkazgan yig‘ilishida Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlarida bir kunda yuzga yaqin avariya bo‘lganini ta’kidlab o‘tgandi. Shuningdek, o‘shanda Yunusobod tumani hokimi Abduvaliyev, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Ergashev hamda Uchtepa tumani hokimi Abdullayevga oxirgi marta hayfsan berilishi aytib o‘tilgandi.
Mavzuga oid

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi

08:13 / 06.05.2025
Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

13:52 / 03.05.2025