Xitoy sobiq tashqi ishlar vazirining samolyoti texnik sabablarga ko‘ra Toshkentga qo‘ndi
15 fevral kuni ertalab Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar komissiyasi kanselyariyasi rahbari va sobiq tashqi ishlar vaziri Van I samolyoti Yevropaga yo‘l oldi. Layner texnik sabablarga ko‘ra Toshkentga qo‘ndi. Baxtiyor Saidov Van I bilan uchrashish uchun aeroportga keldi.

Van I va Baxtiyor Saidov
Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda.
Agentlik xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Van Ini kutib olish uchun aeroportga kelgan.
Ta’kidlanishicha, tomonlar Xitoy-O‘zbekiston do‘stligini yuqori baholadilar, ikki davlat o‘rtasida yuqori darajadagi aloqalar bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.
«Ular ikki davlat rahbarlarining muhim kelishuvlarini birgalikda amalga oshirish, Xitoy-O‘zbekiston keng qamrovli aloqalar hamda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga, mintaqada tinchlik va barqarorlikni birgalikda himoya qilishga bir ovozdan kelishib oldilar», deyiladi xabarda.
Xitoy rasmiysi 14-22 fevral kunlari Fransiya, Italiya, Vengriya va Rossiyaga tashrif buyurishni, shuningdek, 17-19 fevral kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tadigan 59-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etishni rejalashtirgan.
Van I 9 yil davomida Xitoy Tashqi ishlar vazirligini boshqargan va 2023 yil yanvar oyidan Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar komissiyasida ish boshlagan.
Mavzuga oid

12:02 / 07.06.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

00:45 / 07.06.2025
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

18:56 / 06.06.2025
Eron ballistik raketalar uchun Xitoydan «ming tonna material» buyurtma qildi

18:13 / 06.06.2025