Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:59 / 31.01.2023
21837
1 daqiqa o‘qiladi
Komiljon Karimov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Prezident qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tuzilmasida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Komil Karimov
Unga ko‘ra, Komiljon Karimov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari:
- Shahlo Turdiqulova oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Sarvar Buzrukxonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Olim To‘ychiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimiga;
- Majid Karimov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Sadoqat Siddiqova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid

21:19 / 28.07.2025
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi

19:19 / 28.07.2025
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

11:25 / 16.07.2025