Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Samarqandda avtobus haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, piyodalarni bosib ketay dedi
Samarqandda avtobus haydovchisi o‘zi va o‘zgalar hayotini xavfga qo‘yib svetoforning qizil chirog‘ida harakatlandi.

Foto: Videodan kadr
2023 yil 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar U.U.Jo‘raqulov ko‘chasida Isuzu avtobusi o‘zi va o‘zgalar hayotini xavfga qo‘yib svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 2022 yil 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Video 2023 yil 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
«Aziz avto yo‘lovchi trans» MChJga tegishli Isuzu rusumli avtobus svetoforning qizil chirog‘ida o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirgan holda harakatlangan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi topilgan.
Qayd etilishicha, haydovchi va MChJ rahbariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilib, haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Mavzuga oid

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025