To‘g‘onlar favqulodda vaziyat haqida aholiga zudlik bilan xabar berish tizimi bilan jihozlanadi

Foto: KUN.UZ
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda «Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi mavjud suv xo‘jaligi obektlarini texnik soz holatda saqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash va ulardan ishonchli foydalanishga xizmat qilishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani aytildi.
Loyihada gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari, sohasidagi davlat siyosati asosiy yo‘nalishlari aniq belgilanmoqda. Yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashish masalalari o‘z aksini topgan.
Qonun loyihasi qabul qilinishi orqali gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan buyurtmachi, loyiha, pudrat va foydalanuvchi tashkilotlarning mas’uliyati oshiriladi. Gidrotexnika inshootlari zarur nazorat-kuzatuv asbob-uskunalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlar haqida aholiga zudlik bilan xabar berish tizimi bilan jihozlanadi.
Majlisda qizg‘in muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi qabul qilindi.
Mavzuga oid

19:01 / 22.02.2025
Nurek, Rog‘un va Qambarota-1 – dunyodagi eng baland to‘g‘onlar qayerda qurilgan?

12:06 / 17.01.2025
“O‘lim to‘lqini” – Italiyadagi Vayont to‘g‘onida nega suv toshgan edi?

10:16 / 06.11.2024
O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlari siljishi kosmik nazoratga olinadi

18:11 / 05.09.2024