Buxorodagi ta’lim muassasalarida ta’til muddati yana uzaytirildi
Buxoro viloyatida sovuq havo bu haftada ham saqlanib qolgani sababli ta’lim muassasalaridagi ta’til kunlari 18 yanvargacha emas, 22 yanvargacha uzaytirildi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Viloyat hokimligiga ko‘ra, hududdagi mavjud barcha darajadagi ta’lim muassasalarida darslar 23 yanvardan boshlanadi.
“Joriy haftada ham ob-havoda pasayishi kuzatilayotgani, shuningdek, ona-onalarning talab va istaklarini inobatga olib, viloyatdagi maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy o‘quv yurtlarida qishki ta’til 22 yanvarga qadar uzaytirildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
O‘quv mashg‘ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin viloyat ta’lim muassasalarida an’anaviy o‘qish 11 yanvardan boshlangandi, keyinroq 12 yanvarga o‘tar kechasi bu muddat 16 yanvarga ko‘chirildi.
Mavzuga oid

16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi

19:43 / 17.03.2025
Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi

10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

18:10 / 10.01.2025